Surxondaryo hokimi: Odamlarni majburlab paxtaga olib chiqish - noinsoflik!

Illyustrativ surat
«Surxondaryo: Boy meros, turizm va islohotlar uyg‘unligi» mavzusida Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klubning sayyor sessiyasida Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov moderator Sherzodxon Qudratxo‘jayevning paxta yig‘im terimiga byudjyet tashkilot xodimlarining jalb qilinishi borasidagi savollariga javob qaytardi.
— Men viloyat rahbarligiga kelgan kunimoq, ushbu masalani ko‘targanmiz. O‘qituvchi va shifokorlarning dala ishlariga, ko‘chada qator bo‘lib obodonchilik ishlari bilan shug‘ullanishiga to‘liq barham beramiz.
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, majburlab, mehnatiga pul to‘lanmasdan dalaga olib chiqilgan o‘qituvchi yo shifokor chopiq va boshqa dala ishlarini vijdonan bajaradimi? Qarg‘ab-qarg‘ab ishlamaydimi? Bu axir paxta hosiliga ham ta'sirini o‘tkazmasdan qolmaydi-ku?
Ikkinchidan, bu yil paxtaning xarid narxi sezilarli tarzda oshirildi, terimchilarga paxta yig‘im-terimi uchun to‘lanadigan pul ham oshmoqda. Surxondaryoda yollanma ishchi kuchi juda arzon — kuniga 20–25 ming so‘mga ishlashadi. Paxta uchun 400 so‘mdan pul to‘lanishini hisobga olsak, 100 kilogram paxta teradigan inson kamida kuniga 40 ming va undan ham ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. Fermerlar ana shunday kishilarni yollab, pulini to‘lab, o‘zlari yig‘ib-terib olishadi paxtani kerak bo‘lsa. O‘qituvchilarni dalaga chiqaradigan bo‘lsak, fermerlar dangasa bo‘lib qoladi.
Mana, ilgari maktab o‘quvchilarigacha paxtaga chiqarilardi. Barham berildi. Keyin kollej o‘quvchilari chiqarilardi, bunga ham barham berildi. Paxta terilmasdan qolib ketayotgani yo‘q-da.
Takrorlab aytaman: Surxondaryoda na o‘qituvchi, na shifokor paxta yig‘im-terimiga jalb qilinmaydi. Birovga yaxshi ko‘rinish, rejani bajarish uchun boshqalarni majburlab paxtaga olib chiqish — noinsoflik! — dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00
-
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi
O‘zbekiston | 20:57
-
KXDR ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar tufayli turizmni chekladi - OAV
Jahon | 20:55
-
Litvadagi o‘quv mashg‘ulotlarida bedarak yo‘qolgan uch nafar amerikalik harbiyning jasadi topildi
Jahon | 20:53
Mavzuga oid

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

09:32 / 15.03.2025
Surxondaryoda daryodan qum qazib olganlar 78 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

17:04 / 14.03.2025
Chigit ekadigan payt keldi, ammo barcha hududlarda emas

12:23 / 14.03.2025