22:20 / 20.08.2017
10541

«Uembli»dagi tarixiy uchrashuvda «Chelsi» g‘alaba qozondi

Angliya premer-ligasining 2-turidagi eng markaziy uchrashuv Londonda bo‘lib o‘tdi. «Uembli»da o‘tgan ilk APL uchrashuvida «Tottenhem» «Chelsi»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Markos Alonso jarimadan gol urib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismiga kelib zaxiradan maydonga tushgan Mishi Batshuayi o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda yana Markos Alonso mehmonlar joniga oro kiruvchi gol muallifi bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin ikkala jamoa hisobidagi ochkolar soni ham 3taga yetdi.

APL, 2-tur

Tottenhem – Chelsi 1:2 (0:1)

Gollar: Batshuayi (82, avtogol) – Alonso (24, 88)
Tottenhem: Loris, Dayyer (Son Xyn Min, 68), Alderveyreld, Vertongen, Tripper (Yanssen, 90), Vanyama, Dembele, Devis (Sissoko, 80), Alli, Eriksen, Keyn.
Chelsi: Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes, Bakayoko, David Luiz, Kante, Alonso, Villian (Pedro, 78), Morata (Batshuayi, 79).
Ogohlantirishlar: Ryudiger (30), Dayyer (31), David Luiz (38), Vertongen(51), Alderveyreld (83), Alonso (87), Keyn (88).

Mavzuga oid
Top