17:48 / 20.08.2017
11774

Video: Golni nishonlamoqchi bo‘lgan «Hamburg» futbolchisi jarohat olib, 7 oyga safdan chiqdi

Germaniyaning «Hamburg» klubi yarimhimoyachisi Nikolay Myuller «Augsburg»ga qarshi kechgan Bundesliganing 1-tur uchrashuvida antiqa tarzda jarohat oldi.

«Folksparkshtadion» arenasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qiziq tomoni, uchrashuvning 8-daqiqasida Myuller raqib darvozasini ishg‘ol qildi va uni nishonlayotib qoqilib tushdi. Natijada futbolchi tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Klub shifokorlari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Nikolay Myullerning tiklanib safga qaytishi uchun endi 7 oy muddat talab qilinadi.

Mavzuga oid
Top