12:01 / 21.08.2017
5140

9 avgust kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari

2017 yilning 19 avgust kuni Toshkent shahri hududida 6 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 7 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 19 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2886 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 769 tasini qo‘pol turdagi, 22 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 19 avgust kuni jami 575 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib,  283 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 292 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

 

Top