22:10 / 21.08.2017
102099

Andijonda baxtli ona birvarakayiga to‘rt o‘g‘il ko‘rdi

Andijon shahridagi perinatal markazida birdaniga to‘rt nafar o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, skrining natijasida to‘rtta chaqaloq tug‘ilishi oldindan ma'lum bo‘lgan. Ayni paytda ona va to‘rt pahlavonning sog‘ligi yaxshi. Ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Baxtli oila Shahrixon tumanining Hamdo‘stlik mahallasida istiqomat qiladi. Chaqaloqlar onasi Shohidaxon Arabboyeva to‘rt o‘g‘ilga Shavkatbek, Shuhratbek, Hasan, Husan ismlarini berilganini bildirdi.  

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Rustamjon Eshonov olgan suratlar.

Top