KXDR ko‘mir va temir rudasi eksporti orqali taxminan 270 mln dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu Xitoy tijorat vazirligi Pxenyanga qarshi kiritgan sanksiyalar qaramay yuz berdi, deb xabar qilinadi BMT ekspertlari hisoboti. Bu haqda Kyodo agentligi ma'lum qildi.

Aniqlik kiritilishicha, Shimoliy Koreya XXRga yuqoridagi mahsulotlarni yetkazib berish yo‘nalishini Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga qarab o‘zgartirgan.

Shuningdek, hisobotda «ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘q qilishga yo‘naltirilgan choralarning kuchsizlanishi» ham ta'kidlab o‘tilgan.

Ekspertlarning qayd etishicha, KXDR yadro dasturini moliyalashtirish manbalarini to‘sib qo‘yish murakkab bo‘lgan vaziyat yuzaga kelgan.

Avvalroq KXDR Xitoydan oziq-ovqat mahsulotlari importini bir necha barobarga oshirgani xabar qilingandi.