07:49 / 21.08.2017
4585

Italiya bosh vaziri: Birorta davlat o‘zini terrorchilik xavfidan himoyalangan deb his qilolmaydi

Foto: AP

Italiya bosh vaziri Paolo Jyentiloni Rimini shahrida o‘tayotgan xalqaro katolik anjumani ochilishida Yevropada sodir etilgan oxirgi teraktlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Jyentiloni “ba'zi saytlarning vahimali tashqivoti”ga ishonmasa-da, biroq “birorta davlat, jumladan Italiya o‘zini xavfdan himoyalangan deb his qilolmasligini ravshan anglashini” aytdi.

Jyentiloni bunday bayonotni IShIDga yaqin ba'zi ekstremistik saytlarda Ispaniyadagi teraktlardan keyin Italiya nishonga olinishi haqidagi ma'lumot joylashtirilgandan keyin bergan.

Top