09:09 / 21.08.2017
9080

OAV: Rossiya KXDR va AQShga bevosita muzokaralarni taklif qildi

Foto: Reuters

Rossiya AQSh va KXDR hukumatlarini bevosita muzokaralar o‘tkazishga ishontirishga urinmoqda. Bu haqda «Izvestiya» nashri rossiyalik diplomatik manbalarga asoslangan holda yozmoqda. 

Gazeta suhbatdoshlarining qayd etishicha, Amerika tomoni turli bahonalar bilan muloqotdan bosh tortishda davom etmoqda. Xususan, AQSh «KXDRda demokratiya va inson huquqlari yo‘qligini ro‘kach qilib» yakkama-yakka uchrashuvdan bo‘yin tovlamoqda. Bunda Shimoliy Koreya, keskinlikka barham berilishi aynan Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi bevosita muzokaralardan boshlanishi kerakligiga rozi. 

«Biz «oltilik»ning boshqa a'zolari singari amerikaliklar va shimoliy koreyaliklar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkil etishga urinib kelamiz. Bevosita muloqot o‘tkazishni Pxenyan talab qilmoqda. Biroq, ayni vaqtda KNDR boshqa sohilda, AQSh boshqasida. Biri yadro sinovlarini davom ettirayotgan bo‘lsa, ikkinchisi «demokratiya yo‘qligi va inson huquqlariga» yopishib olgan», — deya izoh bergan manba. 

Rossiya tomoni bu vaziyatda Amerikaning mintaqada yuzaga kelgan muammoga kuch ishlatish yo‘li bilan barham berishga qaror qilishi mumkinligidan xavotirda..

Mavzuga oid
Top