16:00 / 21.08.2017
9066

Sayohatga chiqishda unutmaslik kerak bo‘lgan 7 qoida

Yoz kunlari o‘z nihoyasiga yetib bormoqda, ammo ayrim o‘quvchilarimiz endigina ish ta'tilini qo‘lga kiritib sayohatga jo‘nab ketishni maqsad qilib turgan bo‘lsa ajab emas. Sayohat kishiga huzur bag‘ishlashi lozim, uqubat emas. Shunday ekan, uning mazmunli va baxtli onlar boy o‘tishi uchun tajribali sayyohlar 7 narsani hech qachon esdan chiqarmaslikni maslahat beradi.

1. Yuk jamadoni

Barcha kishilar uyidan chiqib ko‘zlagan manziliga eson-omon yetib olguncha, undan keyin ham shaxsiy buyum va kiyimlarini olib yurish uchun yaxshi jamadonga ega bo‘lishi lozim. Ayniqsa ayrim aeroport, taksi va mehmonxona xodimlarining yuklarga e'tiborsizlik bilan ziyon yetkazib qo‘yishini hisobga olsak, bu o‘rinli tavsiyadir.

2. Oyoq kiyimlar

Odatda ko‘pchilik sovuq iqlimdan issiq tabiat sari yoki aksincha harakatlanadi. Bundan tashqari, sayyohlar notanish shaharda piyoda sayr qilishni, ko‘chalarni kezib yurishni yoqtiradi. Ushbu holatda oyoq kiyimi, paypoqlarni sayohatingizga mos keladiganini tanlab oling. Shuningdek, yengil shippak ham zarur bo‘ladi. Tajribali sayyohlar doimiy foydalanishda bo‘lgan oyoq kiyimni dam olishga olib ketishni tavsiya etadi, negaki yangisi ilk damlarda biroz «qaysarlik» qilishi mumkin.

3. Shaxsiy xafsizlik

Sizga notanish maydon va ko‘chada yo‘qolib qolmaslik uchun diqqatga sazovor bino va manzarani eslab qoling. Sumkangizga albatta mahalliy hudud xaritasini solib qo‘ying. Tashrif buyurishingizdan avval bu joyning qonunchiligida nazarda tutilgan taqiqlar va aholi haqida umumiy ma'lumotga ega bo‘ling.

4. Yangi tajriba va istak

Har qanday mamlakatda sayyohlar uchun yaratilgan infratuzilma va sharoitlarga duch kelishingiz mumkin va bularning barchasi odatdagidan ko‘ra qimmatga tushadi. Ovqatlanish va yotoq joylarni tanlaganda gigiyenik qoidalarga rioya qiling, shunga qaramay arzon narxda taklif etilayotgan maskanlarga, aholi gavjum joyga borganingiz ma'qul. Shuning bilan yangi tajriba qilish mumkin bo‘lgan dastur uchun katta sarf xarajat qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

5. Dori-darmon

Siz yashab turgan joyingizdan chiqqaningiz zahoti sog‘lig‘ingiz uchun zarur bo‘lgan dori vositalarini topa olmay qolishingiz yoki uning narxi qimmat bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bulardan yetarli miqdorda g‘amlab oling.

6. Uyali aloqa

Har qanday mamlakatda yangi sim-karta sotib olish 10 AQSh dollaridan qimmat narxlanmaydi. Mahalliy sim-kartani sotib olgach, 1 GB internet paketini xarid qilishingiz juda ko‘p vaziyatda sizga asqotadi va yaqinlaringiz bilan doimiy aloqada bo‘lib turishingizni ta'minlaydi.

7. Suv

Hech qachon suv ichmaslik hisobidan pulni iqtisod qilishni o‘ylamang. Sayr va harakatda bo‘lishlik organizmda chanqash holatini keltirib chiqarishini hisobga olsak, bir baklajka gazlanmagan suv olib yuring. Mahalliy turli yaxna va gazlangan ichimliklar oshqozon faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. Yaxshisi oddiy gazsiz suvni tanlang.

Top