23:34 / 21.08.2017
17486

Shimoliy Koreyaga qochib ketgan oxirgi amerikalik harbiy vafot etdi

Foto: AFP

Koreya yarimoroli bo‘lingan vaqtdan beri Shimoliy Koreyada qolgan amerikalik harbiy Jyeyms Dresnok 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Dresnokning o‘g‘illariga iqtibos keltirgan holda Channel NewsAsia xabar bermoqda.

“Otamiz respublika ardog‘ida bo‘ldi va partiyadan vafot etgunigacha faqat muhabbat va g‘amxo‘rlik ko‘rdi”, deb aytgan Dresnokning to‘ng‘ich o‘g‘li Ted.  

Dresnok 1960-yillarda Shimoliy Koreyaga qochib ketgan qochoqlardan bo‘lgan. U amerikalik harbiy rolida Shimoliy Koreya tashviqot filmlarida ishtirok etgan. Uning ikkala o‘g‘li ham bolaligidan koreys tilida so‘zlashadi.

Top