21:20 / 21.08.2017
3907

TIVda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari qabul qilindi

2017 yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya kun tartibi, jumladan, uning muhim qismi hisoblanuvchi ikki davlat hokimiyatlarining qonunchilik organlari o‘rtasidagi muntazam almashinuvlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston-Rossiya Parlamentlararo hamkorlik komissiyasining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni amaliy jihatdan muhokama qilindi.

Uchrashuvda Rossiyaning Muvaqqat ishlar vakili Vadim Mitrofanov ishtirok etdi.

Top