Bu yilgi paxta terimi mavsumida qölda terilgan bir kilogramm paxta uçun 400 sömdan haq tölanişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bergan.

Şuningdek, bu yil terilgan paxta uçun hisob-kitob har kuni dalaning boşida amalga oşiriladi, iş haqi har kuni öz vaqtida berilişi reja qilingan. 

Ma'lumot uçun, ötgan yili 1 kilo paxta uçun 285 söm, 2015 yilda esa 260 sömdan haq tölangan. 

Ötgan yillarda terilgan paxta uçun hisob-kitob har 5 kunda amalga oşirilişi belgilangan (amalda bu 10-15 kunga çözilib ketiş hollari köp uçragan).

2017 yilda 3 mln.tonnadan ortiq paxta hosili terib oliş möljallangan, yetiştirilgan paxtaning deyarli 100 foizi qölda terib olinişi hisobga olinadi,  buning uçun 1 trillion 200 milliard sömdan ortiqroq mablağ talab etiladi. 

Qayd etiş kerakki, 2017 yil paxta xom-aşyosining sotib oliş narxlari hali e'lon qilinmadi. Ötgan yili birinçi nav örta tolali paxta xom aşyosining kilosi 999 sömdan 1333 sömgaça sotib olingandi.

21 avgust kuni Özbekiston Prezidenti «2017 yilda ğöza defoliatsiyasini öz vaqtida va samarali ötkaziş böyiça kompleks taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi. Unga köra, paxta hosilini imkon qadar tezroq yiğiştirib oliş közda tutilgan.