11:56 / 22.08.2017
8570

«Barselona» Koutinoni transfer qilish rejasidan voz kechdi

«Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino bu yozda «Barselona»ga o‘tmaydi.

The Liverpool Echo xabariga ko‘ra, katalonlar klubi 25 yoshli bu braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakatlarini to‘xtatdi.

«Barselona» rahbariyati inglizlar klubi futbolchisini qo‘yib yubormaslik qarorida qat'iy ekaniga tan bergan.

O‘tgan haftada «Liverpul» «Barselona»ning Koutino bo‘yicha navbatdagi, ya'ni oxirgi taklifi - 118 million funtni rad qilgandi. Shuningdek, katalonlarning izoh so‘rab yo‘llangan maktubi e'tiborsiz qoldirildi.

Koutino «Liverpul» safida 2013 yil yanvaridan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan mavsumda jamoasining barcha turnirlar doirasidagi 36 uchrashuvida qatnashgan va 14 gol urib, 9 golga uzatma bergan.

Top