17:49 / 22.08.2017
7185

Fancy Bears xakerlari dopingga aralashib qolgan 200 futbolchi haqida ma'lumot berdi

Fancy Bears xakerlar guruhi 200 futbolchi tomonidan taqiqlangan dori vositalarining qo‘llanilishiga oid ma'lumotlarni taqdim etdi, deb xabar bermoqda RT.

Xakerlar guruhining rasmiy saytida ta'kidlanishicha, 2015 yil ma'lumotlari bilan taqqoslaganda, dopingga aralashib qolgan futbolchilar soni 2016 yilning oxiriga kelib 50 kishiga oshgan.

Bundan tashqari, JARda 2010 yilda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida terapevtik istisnolarga ega bo‘lgan o‘yinchilar haqida ham ma'lumot bor. Ular ichiga Mauro Kamoranezi, Diyego Milito, Dirk Kyuyt va Mario Gomes kabi futbolchilar kirgan.

 

Mavzuga oid
Top