17:54 / 22.08.2017
54339

Dunyodagi eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ma'lum qilindi

Forbes jurnali 2017 yilda eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktyorlar nomini ma'lum qildi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnidan 2017 yilda 68 mln dollar ishlab topgan Mark Uolberg joy oldi.

Ikkinchi pog‘onada Dueyn Jonson (65 mln dollar), uchinchi – Vin Dizel (54 mln dollar).

Keyingi o‘rinlardan Adam Sendler (50 mln dollar), Jyeki Chan (49 mln dollar), kichik Robert Dauni (48 mln dollar) va Tom Kruz (43 mln dollar) joy olgan.

Ilk o‘nlikda Bollivud vakillari ham bor. Sakkizinchi pog‘onada Shoxruh Xon (38 mln dollar), undan pastki o‘rinlarda Salmon Xon (37 mln dollar) va Akshay Kumar (35 mln dollar) qayd etildi.

Reytingda Kris Xemsvort (31,5 mln dollar), Tom Xenks (31 mln dollar) va Semyuel Jyekson (30,5 mln dollar) ham bor.

«La-la-lend» filmi yulduzi Rayan Gosling 29 mln dollar ishlab topdi va Forbes ro‘yxatining 14-o‘rnidan joy oldi. 

Ro‘yxatning eng oxirgi o‘rnini 13 mln dollarlik natija bilan Mark Ruffalo egalladi.

Avvalroq Forbes jurnali 2017 yilning eng katta haq oluvchi aktrisalarini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid
Top