20:27 / 22.08.2017
7074

Hindistonda taloq qilish orqali ajrashish taqiqlandi

Hindiston oliy sudining ko‘pchilik a'zolari mamlakatda hanuzgacha mavjud bo‘lgan taloq qilishni taqiqlashga ovoz berdilar.  

Sud tomondan ushbu masala bo‘yicha ish ko‘rib chiqilishiga zamonaviy aloqa vositalari yordamida ajrashishlar soni ko‘paygani hamda taloq qilishning qurboni bo‘lgan 5 ayol va huquq himoyachilarining shikoyatlari sabab bo‘lgan. Ish shungacha yetib borganki, ko‘p erkaklar o‘z rafiqalariga taloq qilishlari haqida sms-xabar yuborishgan yoki Whats App yoki Skype messenjerlari orqali bu haqda yozishgan. 

Sudning 5 a'zosidan 3 nafari “taloq” so‘zini qo‘llagan holda ajrashishni konstutitsiya va islom me'yorlariga zid deb atashgan. Ularning fikricha, erkaklar faqatgina injiqlik yoki ahmoqlik qilib ajrasha olmaydilar.

“Biz baxtiyormiz. Musulmon ayollar bu uchun ko‘p yillar kurashishgan”, deb sudning qaroriga izoh bergan huquq himoyachilaridan biri Xasina Xon.

Hindiston bosh vaziri  Narendra Modi esa ushbu qarorni tarixiy deb atagan.

“Ushbu qaror musulmon ayollarga teng huquqlik beradi hamda ularning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishlariga kuchli omil bo‘ladi”, deb aytgan Modi. 

Ma'lum qilinishicha, ko‘plab musulmon davlatlarda, jumladan Hindiston bilan qo‘shni bo‘lgan Pokiston va Bangladeshda taloq qilish yo‘li bilan ajrashish hozirda taqiqlangan.

Top