Prezidentning 21.08.2017 yildagi PQ–3231-son «Ta'lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini va davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Byudjyet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki auditni restrukturizatsiya qilish
 
Tuman xalq ta'limi bo‘limlari va tibbiyot birlashmalariga tegishli muassasalarda buxgalteriya xizmatlari tugatiladi. Buning o‘rniga ko‘rsatib o‘tilgan bo‘limlar va birlashmalarda markazlashtirilgan buxgalteriya xizmatlari tashkil etiladi.
 
Markazlashtirilgan buxgalteriya xizmatlari quyidagilarni ta'minlaydi:

•  xarajatlar smetalarini tuzish va ijro etish;
•  ish haqini hisoblab yozish va to‘lash;
•  tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish;
•  tasarrufidagi tashkilotlarning byudjyet va byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobini yuritish;
•  muassasalar  faoliyatining ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan daromadlar tushishini monitoring qilish.
 
Bundan tashqari, Xalq ta'limi, Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirliklari, O‘rta-maxsus kasb-hunar markazi va Pensiya jamg‘armasi  tuzilmasida respublika darajasidagi (3 ta shtat birligi) va hududiy darajadagi (QRda, viloyatlar va Toshkent shahrida 1–4 ta shtat birligi) ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etilmoqda. Yangi bo‘linmalar byudjyet mablag‘larini noqonuniy sarflash, talon-taroj qilish holatlarini aniqlash va oldini olish bilan shug‘ullanadi.
 
Bunda ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining shtat birliklari Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi shtati qisqarishi hisobiga to‘ldiriladi. Ularning faoliyatini esa Moliya vazirligi huzuridagi yangi Byudjyetni tuzish va g‘azna ijrosi metodologiyasi, ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi muvofiqlashtiradi.
 
Nazorat-taftish bosh boshqarmasini o‘zgartirish