13:40 / 22.08.2017
16192

Terma jamoaning Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga muxlislar kiritilmaydi

25 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iziston termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

«Maydon.uz» nashri bergan xabarga ko‘ra, stadionga muxlislar kiritilmaydi, ushbu bahs televideniyeda ham yoritilmaydi, o‘yin yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi.

Ushbu o‘yin 25 avgust kuni «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Top