Jyeyson Born haqidagi filmlar rejissyori 77 kishini o‘ldirgan terrorchi haqida kino suratga oladi
Rejissyor Pol Gringrass norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik haqida film suratga oladi, deb xabar bermoqda Deadline. Bu kartinani yaratish huquqi uchun jiddiy kurash kechgan bo‘lib, unda Netflix onlayn-servisi g‘alaba qozondi.
Breyvik ommaviy qotillik uchun 21 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. 2011 yilning 22 iyul kuni u 77 kishini o‘ldirgandi.
Gringrassga keladigan bo‘lsak, u superagent Jyeyson Born haqidagi filmlar bilan mashhur. Xususan, u «Born talabi» va «Bornning ustunligi» kartinalarini suratga olgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, suratga olish ishlari Norvegiyada mahalliy aktyorlar bilan olib boriladi. Byudjyet 20 mln dollarni tashkil etadi. Tayyogarlik shu haftadan boshlanadi, bevosita ijodiy ishlar esa kuzda start oladi.
Nashrning ta'kidlashicha, Gringrass tarixiy faktlar asos qilib olingan shunga o‘xshash qator filmlar ustida ishlagan. Ular ichida – «Qonli yakshanba» (1972 yilning 30 yanvarida Shimoliy Irlandiyada yuz bergan hodisalar, o‘shanda britaniyalik harbiylar irlandiyalar huquqi uchun marshga chiqqanlarni o‘qqa tutgan) va «Yo‘qotilgan reys» (2001 yilning 11 sentabr kuni AQShda terrorchilar tomonidan olib qochilgan va Pensilvaniyada qulagan samolyot haqida) kartinalari bor.
Avvalroq Breyvik ismi-familiyasini o‘zgartirgani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolarining Slovakiyaga mehnat migratsiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:30
-
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 10:01
-
Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Jamiyat | 09:59
-
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror «tez orada» qabul qilinadi
O‘zbekiston | 09:57
Mavzuga oid

23:11 / 08.01.2024
Terrorchi Breyvik ruhiy tushkunlik tufayli izolyatsiyadan ozod etilishini so‘ramoqchi

07:57 / 11.04.2023
Parijda O‘zbekistonda suratga olingan tarixiy ovozsiz filmlar namoyish etildi

11:07 / 27.02.2023
«Navalniy» filmi Amerika prodyuserlar gildiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi

12:14 / 02.01.2023