18:38 / 23.08.2017
36848

Hamza Jumayev televideniyega qaytdi

Taniqli telejurnalist Hamza Jumayev televideniyega qaytmoqda. Bu xaqda u o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan. 

Hamza Jumayev 1999-2009 yillarda «Yoshlar» teleradiokanali «Davr» dasturida siyosiy sharhlovchi, «Davr-reportaj» tahliliy dasturi, «Aks» tok-shousi muallifi sifatida faoliyat yuritgan. Jurnalist bilan bog‘langanimizda oila davrasida tug‘ilgan kunini nishonlanayotganini aytib mehmonga taklif qildi.

«Hamza Jumayevning bildirishicha, o‘ziga qadrdon bo‘lgan «Yoshlar» kanali jamoasi uni juda iliq va samimiy kutib olgan. Telekanal rahbariyati esa uning yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan. Nasib qilsa  mustaqillik bayrami kunlari muxlislarim bilan uchrashish niyatidaman», deydi jurnalist.

U endi xalqimizga o‘z ijod mahsullarimni Hamza Hayot nomi bilan taqdim etishini qo‘shimcha qilgan.

Top