18:22 / 23.08.2017
9524

Qatar Rossiya qurollarini sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: Reuters

Qatar mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad Al-Atiy «Interfaks» agentligiga bergan intervyusida Doha Rossiyaning ba'zi qurol tizimlarini sinovdan o‘tkazayotganini ma'lum qildi.  

"Biz hozir ba'zi tizimlarni sinovdan o‘tkazyapmiz, o‘ylashimcha, ular Qatarga kerak bo‘ladi. Biz juda ko‘p masalalarni muhokama qildik, ammo ular haqida ochiq gapira olmayman", - deya ta'kidladi mudofaa vaziri. 

Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qatar mudofaa sohasidagi hamkorlikka umid qilmoqda, ayniqsa Rossiyada ishlab chiqarilgan so‘nggi texnologiyalar sohasida. 

"Rossiyadagi do‘stlarimiz bilan munosabatlarimiz yaxshi. Ikki tomonning mudofaa vazirlari hamkorlik qilishmoqda", - dedi u. 

Top