10:13 / 23.08.2017
6369

NYT: Respublikachilar yetakchisi Trampning 2018 yil kuzigacha hokimiyatni saqlab qolishiga shubha bildirmoqda

Foto: The New York Times

AQSh Senatidagi respublikachilar partiyasi yetakchisi Mitch Makkonnell mamlakat prezidenti Donald Trampning 2018 yilgi Kongress uchun saylovlar va 2020 yilgi prezidentlik saylovida partiyaga yetakchilik qila olishiga shubha bildirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Makkonnell bir necha marotaba Trampning prezidentlik vakolatlari  mohiyatini idrok etishini shubha ostiga qo‘yib, u doimiy ravishda Respublikachilar partiyasi va Senatdagi tartiblarni tanqid qilishga barham berishi kerakligini aytgan. 

Nashrning Senatdagi respublikachilar yetakchisi yordamchisiga tayangan holda yozishicha, aslida Makkonnellning davlat rahbari bilan munosabatlari ancha yomon. Makkonnell yakka qolganida har doim Trampdan g‘azablanadi va uni jilla qursa mamlakat hukumatini boshqarish hamda Kongressning ikkala palatasi bilan hamkorlik qilish asoslarini o‘rganmaslikda ayblaydi. 

Gazeta manbalariga ko‘ra, partiyadoshlar bir-birini ko‘rishga ko‘zi yo‘q va ba'zan telefon orqali muloqotlarda dahanaki janglarga ham borishadi. Ayni vaqtda ular o‘rtasidagi dushmanlik kayfiyati shunchalik yuqoriki, "bir haftadan ortiq vaqtdan beri bir-biri bilan gaplashishdan qochishmoqda".

Top