19:50 / 23.08.2017
17551

Prezident Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, I.Shuvalovni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning Rossiya tomonidan raisi etib tayinlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yuqori texnologiyali sohalardagi investitsion loyihalar va yangi istiqbolli dasturlar ijrosini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

I.Shuvalov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va hukumati Raisi Dmitriy Medvedevning salom va ezgu tilaklarini izhor etdi. Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni bundan buyon ham strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlantirib, mustahkamlab borishga tayyor ekanini ta'kidladi.

Top