Jahon | 10:50 / 23.08.2017
24167
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh hukumatini yopish bilan tahdid qildi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp Finiksdagi chiqishi davomida hukumatni yopib qo‘yish bilan tahdid qildi. U Meksika bilan chegarada devor qurilishini moliyalashtirishni tasdiqlatish niyatida.

«Bu devorni quring. Demokratlar biz buni qilmasligimizni istashmoqda, biroq menga ishonishingiz mumkinki, biz devorni qo‘lga kiritish uchun hukumatimizni yopamiz. Biz o‘z devorimizni qo‘lga kiritamiz», - degan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, demokratlar yaxshi qiladigan yagona narsa – bu tanqid.

Tramp AQSh kongressiga ham murojaat qilgan.

«Sizning ishingiz – amerikaliklarning chegara, soliqlar, sog‘liqni saqlash, umuman, ularning hayotiga ta'sir ko‘rsatuvchi istalgan masala bo‘yicha manfaatlarini ilgari surish», - deya ta'kidlab o‘tgan Amerika yetakchisi.

Mavzuga oid