15:20 / 23.08.2017
84110

Ulug‘bek Ro‘ziqulov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Ulug‘bek Ro‘ziqulovni «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisligi hamda bosh vazir o‘rinbosari - Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etish haqidagi farmonini imzolagan.

Bundan avvalroq Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentiga aylanishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top