O‘zbekiston televideniyesida ko‘rsatuvlar jonli efirga chiqishi to‘xtadi

Moderator Sherzodxon Qudratxo‘jayev boshchiligida olib borilgan Xalqaro press klub sessiyalari endi yaqindagina tashkil etilgan «O‘zbekiston 24» va boshqa telekanallar efirida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmaydigan bo‘ldi.
Press klubning Telegram messenjeridagi jurnalistlar bilan axborot almashinuv guruhida 23 avgust kuni soat 11:00da xalq ta'limi vazirligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sessiyasi jonli efirda uzatilmasligi haqida xabar berildi.
Hozircha Xalqaro press klubning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmasligi borasida biror bir rasmiy izoh berilganicha yo‘q.
Shuningdek, «O‘zbekiston» telekanalida «Munosabat» ko‘rsatuvi ham efirdan yo‘qolgan. Quddus A'zam boshlovchiligidagi bu ko‘rsatuv har haftada 4-5 marta jonli efirda uzatilib kelinayotgandi.
Xabarlarga ko‘ra, MTRK Media markazida 21 avgust kuni bosh vazir Abdulla Aripov va Prezidentning davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shunday qaror qabul qilingan. 21 avgust kungi yig‘ilishda biroz avvalroq MTRK raisi o‘rinbosarligidan olinib, «O‘zbekiston» telekanaliga rahbar etib tayinlangan Xayrulla Nuriddinov yana lavozimiga qaytarilgan, «O‘zbekiston 24» telekanali rahbari Ozod Hamidxo‘jayev lavozimdan olingandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22
-
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish milliy rejasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston | 14:17
-
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi
O‘zbekiston | 14:12
-
Zelenskiy Ukrainaning Ikkinchi jahon urushidagi roli haqida gapirdi
Jahon | 14:07
Mavzuga oid

17:27 / 01.07.2023
Birinchi kanalda navbatdagi shov-shuv: 8 yoshli qiz efir vaqtida zo‘ravonlik haqida signal berdi

15:10 / 08.02.2022
Mahalliy kengashlar sessiyalarni jonli efirga uzatish bo‘yicha prezident farmonini bajarmayotgani ma’lum bo‘ldi

12:30 / 01.12.2021
Qonunchilik palatasi majlislari hamda ayrim sud majlislari jonli efirda uzatiladi

20:30 / 07.07.2019