09:58 / 23.08.2017
5870

“O‘ztreyd” Hindistonda savdo uyini ochdi

Foto: Flickr

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi huzuridagi “O‘ztreyd” AJ Dehlida (Hindiston) savdo uyini ochdi.

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, “O‘ztreyd” AJ Dehlida savdo uyini ochgan va ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Savdo uyi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining rasmiy tashrifi doirasida ochildi.

Savdo uyida doirasida shou-rum ko‘rinishidagi doimiy ravishda ishlovchi ko‘rgazma-savdo tashkil etilmoqda. Unda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining iste'mol va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi.

“O‘ztreyd” AJ vakillari ushbu tashrif doirasida O‘zbekistondan dukkakli ekinlar, qizilmiya ildizi, tekstil va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 30 million dollar qiymatga ega shartnomalarni imzolashdi.

Yetkazib berish ishlari 2017 yilning sentabr oyidan boshlanishi kutilmoqda.

Top