18:10 / 24.08.2017
8017

Pentagon rahbari Ukraina bo‘yicha muhim bayonot berdi

Foto: Twitter/Poroshenko

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuvdan so‘ng ma'lum qilishicha, Vashington Kiyev bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatida. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar berdi.

«O‘ylashimcha, hech bir munosabatlar avvalgidek qolmaydi, - ular mustahkamlanadi yoki kuchsizlanadi. Shuni ishontirib aytishim mumkinki, biz davlatlarimiz o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlash niyatidamiz. Bu yerga vaziyatni yanada yaxshiroq tushunish uchun keldim. Bu menga sizning prezidentingiz va mudofaa vaziringiz aytgan narsalarni faolroq qo‘llab-quvvatlashga imkoniyat beradi», - degan Mettis.

Avvalroq, amerikalik senator Jon Makkeyn yana bir bor Ukrainaga o‘qotar qurollar yetkazib berishga chaqirgandi.

Top