Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar yolg‘onchi bo‘lib chiqdi
Foto: Sport
«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu Neymar «PSJ»ga o‘tishini avvaldan bilgan. Bu haqda Sport xabar tarqatdi.
22 iyul kuni Bartomeu Nyu-Yorkda futbolchi bilan uchrashib, uning kelajagi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan. Neymar 15 daqiqa davomida «Barselona» prezidentiga «PSJ»dan jiddiy qiziqish bo‘lishiga qaramasdan, uning uchun klub manfaatlari birinchi o‘rinda bo‘lishi haqida gapirgan. Ammo Bartomeu braziliyalik futbolchining so‘zlariga ishonmagan.
«U mening ko‘zimga qarab gapirar va menga klubdan ketish niyatida emasligini aytardi», – degan Bartomeu.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, shu kuniyoq «Barselona» rahbari klub sport direktori Robert Fernandes bilan uchrashgan va unga Neymarga o‘rinbosar qidirish kerakligini aytgan.
Neymarning «PSJ»ga transferi 3 avgust kuni amalga oshirildi.
Mavzuga oid
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:11 / 14.12.2025