18:40 / 24.08.2017
5766

Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi: Airbus A350 samolyotlarida portlash xavfi bor

Foto: EPA

Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi Airbus’ning A350-941 modeldagi samolyotlarida portlash xavfi bor ekani haqida ogohlantirish chiqardi. Bu texnik xatolar tufayli yuz berishi mumkin, deb yozmoqda Die Welt.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Airbus’ning ushbu modelida portlash va yong‘in kelib chiqishiga sovutish suyuqligining yoqilg‘i bakiga oqib tushishi sabab bo‘lishi mumkin. Gidravlik tizimning haddan tashqari qizib ketishining oldini olish uchun samolyotlarga maxsus dasturiy ta'minotni o‘rnatish kerak.

Nashrning ta'kidlashicha, agentlik muammo haqida taxminan yuzta operatorni xabardor etgan. Xususan, Lufthansa kompaniyasi o‘zida bor bo‘lgan bunday modeldagi to‘rtta samolyotning dasturiy ta'minotini yangiladi.

Iyul oyi oxirida Istanbulda Airbus A320 samolyoti uchuvchisi havo laynerini juda qaltis vaziyatda qo‘ndirgandi.

Top