11:30 / 24.08.2017
4434

Fitch AQShning suveren reytingini o‘zgartirishi mumkin

Fitch xalqaro agentligi AQShning suveren reytingini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu holat agarda Amerika hukumati davlat qarzi limitining oshirilishi bo‘yicha o‘z vaqtida kelishuvga erishmasa, ro‘y beradi, deyiladi agentlik matbuot relizida.

Fitch’ning ta'kidlashicha, bunday harakatlar mamlakatning eng yuqori reytingi - «AAA»ga mos kelmasligi mumkin.

AQSh Kongressi 2018 yilda davlat idoralari faoliyatini moliyalashtirish darajasi bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak. Xususan, bu oktabrda hukumat o‘z ishini vaqtinchalik to‘xtatmasligi uchun lozim. 

Kongressning navbatdagi sessiyasi 5 sentabr kuni boshlanadi.

Avvalroq, Fitch agentligi jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'atlarini qayta baholagani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top