16:05 / 24.08.2017
7322

Rajab Erdo‘g‘an 3 yil mobaynida 86 marta xorijiy safarni amalga oshirdi

Foto: Anadolu

Turkiya Jumhuriyati rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentligining 3 yili mobaynida 86 marta xorijiy safarni amalga oshirgan. 

Anadolu agentligining xabar qilishicha, Turkiya davlat rahbarining 2014 yil 28 avgustidan 2017 yil 10 avgustigacha amalga oshirilgan aksariyat xorijiy safari  Yevropa davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Erdo‘g‘an Yevropaning 16 mamlakatiga 21 marta tashrif buyurgan. Fransiya va Belgiyaga uch marta, Germaniyaga ikki marta borgan. Bundan tashqari, u shu muddat davomida AQShga 5 marta borgan. 

Turkiya yetakchisi Amerika mintaqasida Kolumbiya, Kuba, Meksika, Chili, Peru va Ekvadorni ham unutmagan.

Erdo‘g‘an prezidentligining 3 yili davomida Rossiyaga 4 bora tashrif buyurgan bo‘lsa, Xitoy, Shimoliy Kipr va Ozarboyjonga uch marta borgan. Yaqin Sharq mamlakatlaridan Saudiya Arabistonida 5 marta, uch marta Qatar va Quvaytda 3 marta bo‘ldi. Ikki marta Turkmanistonga safar qildi. 

Bulardan tashqari, davlat rahbari O‘zbekiston, Eron, Bahrayn, Iordaniya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Indoneziya, Yaponiya va Hindistonda ham bo‘ldi. 

Afrika qit'asida Jibuti, Somali, Mozambik, Keniya, Senegal, Kot-d’Ivuar (Fil suyagi qirg‘og‘i), Uganda, Jazoir va boshqa davlatlar bo‘lishga ulgargan. 

Erdo‘g‘an 2014 yilda 12 mamlakatga, 2015 yilda 28, 2016 da - 20, 2017 yil boshidan buyon – 19 davlatga borgan.

U 3 yillik boshqaruvi ichida Turkiyaning 65 viloyatiga 147 bor safar uyushtirgan.

Top