Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya «Tolibon» bilan bog‘liq ayblovga javob qaytardi
Foto: Reuters
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh Davlat departamentining Rossiya «Tolibon» harakatiga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani haqidagi bayonotiga izoh berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«AQSh Davlat departamenti rahbarining 22 avgust kungi Amerikaning Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasiga bag‘ishlangan brifingda qilgan bayonoti tushunarsiz. Xususan, u Rossiyani toliblarga qurol-yarog‘ yetkazib berishda aybladi», - dedi u.
Zaxarovaning ta'kidlashicha, Rossiya bu boradagi ayblovlarni bir necha marta rad etgan.
«Navbatdagi marotaba ma'lum qilamizki, toliblarga hech qanday qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatmayapmiz», - dedi Zaxarova.
Uning ta'kidlashicha, bunday bayonotlar mamlakatlar o‘rtasida afg‘on yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam bermaydi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Rossiyani toliblarga qurol yetkazib berishda ayblagandi.
Mavzuga oid
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
09:10 / 28.02.2026