Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentiga haykal o‘rnatish ishlari oxirlab qoldi. Ochilish marosimi bayramdan so‘ng bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev.

Islom Karimovga haykal «Registon» maydonidan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi «Yo‘lbarslar xiyoboni» sobiq xiyoboni hududida kuni kecha o‘rnatildi. Bu yerda avval O‘zbekiston madaniyati va san'ati tarixi Davlat muzeyining uch qavatli binosi bo‘lgan.

Hozirda hududni obodonlashtirish bo‘yicha so‘nggi ishlar olib borilmoqda. Ko‘plab ishchilar plitka yotqizishmoqda, gullar, ignabargli daraxtlar va kashtanlarni o‘tqazishmoqda.

Ta'kidlab o‘tish joizki, haykalning balandligi 5,8 metr, haykal o‘rnatiladigan maxsus supaniki esa 5,5 metrni tashkil etadi. Monument 2 sentabr - Birinchi Prezidentni xotirlash Kunida ochiladi.