Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 1 sentabr kuni nishonlanadi
O‘zbekistonda 1 sentabr — Qurbon Hayiti nishonlanadigan kun dam olish kuni deb e'lon qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 24 avgust kuni imzoladi. Qaror matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
«Muborak Qurbon hayitining ma'naviy hayotimizdagi o‘rni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik ramzi ekanini e'tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash maksadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 1 sentabr juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2017 yil 1 sentabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin», — deyiladi hujjatda.
Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish haqida ko‘rsatma berilgan.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026