18:00 / 25.08.2017
3310

Fuqaroning 1,5 mln so‘mlik zanjirini egallab olgan talonchi ushlandi

2017 yilning 21 avgust kuni taxminan soat 14:30 larda, K.I. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumanida joylashgan 36A-uy yonida bo‘la turib, fuqaro N.Ye.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 1.500.000 so‘mlik sariq metalldan ishlangan zanjirini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top