09:43 / 25.08.2017
7394

Ibrahimovich: Lukakuga 9-raqamni olishiga shaxsan ruxsat berdim

Foto: Twitter/@manchesterunited

«Manchester Yunayted» bilan bir yillik shartnomani imzolagan hujumchi Zlatan Ibrahimovichning aytishicha, mankunianliklarning boshqa forvardi Romela Lukakuga 9-raqamli futbolkani mavsum boshida olishga shaxsan ruxsat bergan. O‘tgan mavsumda shu raqam ostida harakat qilgan Ibrahimovich esa o‘ziga 10-raqamni oldi.

«Lukaku mavsum boshida menga qo‘ng‘iroq qildi va 9-raqamni olmoqchi ekanini aytdi. Men unga bunga qarshi emasligimni aytdim, hamda yangi jamoada katta muvaffaqiyatlarga erishishini tiladim. Biroq menda 10-raqam bor, shuning uchun hech narsani yo‘qotmadim», - deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Top