18:20 / 25.08.2017
5969

Islom universiteti qarshisida “Lasetti”dan noutbuk va 2 mln so‘mni o‘margan shaxs ushlandi

Foto: Fotolia

2017 yilning 13 iyul kuni taxminan soat 16:00 larda, noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanida joylashgan Toshkent Islom universiteti qarshisida bo‘la turib, shu yerda fuqaro Ziyoda Mo‘minovaga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashina eshigi qulfini buzish yo‘li bilan ochib, uning salonidan «ASUS» rusumli noutbuk va 2.000.000 so‘m pulini o‘g‘irlagan. 

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Dilmurod Po‘latov sodir etganligi aniqlangan

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Top