19:46 / 25.08.2017
5654

Kobulda masjidga hujum qilinishi oqibatida 20 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Foto: Massoud Hossaini, AP

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi imom Zamon masjidiga uyushtirilgan hujum oqibatida 20 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi, 30 dan ko‘proq odam yaralandi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, masjidga hujumni bir necha jangari amalga oshirgan. Ular qo‘riqchilarni o‘ldirib, masjid binosiga bostirib kirishgan. 

Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi vakili Najib Donish masjidga hujum qilinganini tasdiqladi. Uning aytishicha, jangarilardan biri o‘zini masjid yonida portlatgan.

Keyinroq masjid yonida yana bitta portlash sodir etilgan.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top