Özbekiston hukumatining 15 avgustdagi “Özbekiston Respublikasi saylovçilarining yagona elektron röyxatini şakllantiriş va yuritiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan saylovçilarning Yagona elektron röyxatini (SYaER) şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. 

SYaER «Elektron hukumat» tizimi doirasida Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda yaratilmoqda.

Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

SYaERni yaratiş böyiça boş pudratçini belgilaş yuzasidan bir oy muddatda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

2017 yil dekabr oyida bölib ötadigan Toşkent şahri xalq deputatlarining tumanlar Kengaşlariga saylovlar davomida axborot tizimining SYaERni şakllantiriş va yuritişni nazarda tutuvçi tajriba tartibida foydalanilişi huquqiy eksperiment sifatida amalga oşirilişini, 2018 yilning 1 apreligaça esa — SYaERni yaratişni va butun mamlakat böyiça işga tuşirişni ta'minlaydi;
 
SYaERni yaratiş va SYaERni şakllantirişga yönaltirilgan idoraviy axborot tizimlarini takomillaştiriş bilan boğliq xarajatlar Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi hamda SYaERning işlaşini texnikaviy ta'minlaş uçun kömaklaşişga Koreya Respublikasi tomonidan ajratiladigan grant mablağlari hisobiga amalga oşiriladi 

Tasdiqlangan nizomga muvofiq, SYaER Özbekiston Respublikasining 18 yoşga tölgan, doimiy yoki vaqtinça turar joyga ega bölgan, muomalaga layoqatli, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanmayotgan fuqarolari kiritiladigan davlat axborot resursi hisoblanadi. 

SYaERga kiritilgan saylovçi fuqarolarning şaxsiy ma'lumotlaridan iborat bölgan axborotlar bilan işlaş tartibi Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

SYaER Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi tomonidan Nizomning 2-bandiga muvofiq taqdim etiladigan saylovçi fuqarolar töğrisidagi; saylov kampaniyasi davrida saylovçilar röyxatlarini aniqlaştiriş orqali saylov komissiyalari tomonidan taqdim etiladigan saylovçi fuqarolar töğrisidagi axborotlar asosida şakllantiriladi va yangilab boriladi