12:17 / 26.08.2017
15765

55 yosh yubileyini nishonlagan onaxonning to‘yona pullarini o‘g‘irlab ketishdi

Joriy yilning 25 avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari tomonidan 55 yosh yubileyini nishonlagan onaxonning to‘yona pullarini o‘g‘rilagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017 yil 25 avgust kuni Ishtixon tuman IIBga Ishtixon tumani Metan shaharchasi Samarqand ko‘chasi 2-uyda yashovchi A.S. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2017 yil 24 avgust kuni Ishtixon tuman Metan shaharchasida joylashgan “Bahor” nomli to‘yxonada o‘zining 55 yosh yubileyini o‘tkazganligini, ushbu to‘yda mehmonlar tomonidan berilgan 1.575.000 so‘m to‘yona pullari noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganini ma'lum qilgan.

Holat bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘rilikni Ishtixon tumani Arabxona qishlog‘ida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan Q.D. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.D.ga nisbatan Ishtixon tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top