14:52 / 26.08.2017
6733

Abdulaziz Komilov Sergey Lebedev bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirlar – «Markaziy Osiyo uyg‘onish davrining dunyo tamadduni tarixidagi o‘rni» nomli konferensiyada hamda «Sharq taronalari» musiqa festivalida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida MDH kun tartibining dolzarb masalalari, Hamdo‘stlikka a'zo mamlakatlarning Davlat rahbarlari kengashi (Sochi shahri), Hukumat rahbarlari kengashi (Toshkent shahri) va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlariga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va MDH hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Top