15:49 / 26.08.2017
8211

Halabda 120 nafar jangari qurolini topshirdi 

Foto: RIA "Novosti"

Suriyaning Halab viloyatida 120 kishidan iborat jangarilar guruhi qurolini topshirdi va hukumatga taslim bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti manbaga asosan xabar berdi.

«Halab viloyati, 1-raqamli keskinlikdan xoli hududdan noqonuniy jinoiy to‘dalarning 120 ishtirokchisi chiqarib olindi. Bu SAR nazorati ostida bo‘lgan hududga Rossiya harbiy politsiyasi hamrohligida amalga oshirildi», - deya ma'lum qilgan manba.

Uning ta'kidlashicha, jangarilar xavfsizlik qo‘mitasiga yo‘naltirilgan, u yerda maxsus komissiya amnistiya masalasini ko‘rib chiqadi.

Avvalroq Suriya armiyasi Halabni IShIDdan butkul ozod qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top