15:07 / 26.08.2017
3657

Fransiya TIV va Mudofaa vazirligi rahbarlari Iroqqa keldi

Foto: Reuters

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian va mamlakat Mudofaa vaziri Florens Parli Iroq poytaxti Bag‘dod shahriga yetib kelishdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Kutilishicha, vazirlar Iroq yetakchilari bilan terrorchilik tashkilotlari jangarilari bilan kurash masalasini muhokama etishadi.

Shuningdek, tomonlar vayronaga aylangan shaharlarni tiklash va qochqinlarga yordam ko‘rsatish masalalarini ham muhokama qilishi kutilmoqda. 

Top