iPhone 8 taqdimotining ehtimoliy sanasi ma'lum qilindi
Apple kompaniyasi o‘zining yangi iPhone 8 smartfonini bir oydan kamroq vaqt ichida taqdim qilishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning mahsulotlari haqidagi ma'lumotlarga ixtisoslashgan Mac4Ever portali xabar bermoqda. Portal smartfon taqdimoti 12 sentabrda bo‘lishini taxmin qilmoqda.
iPhone 8 flagman smartfoni 5,8 dyuymli OLED-ekran olishi va kompaniya smartfonlari ichida eng kattasi bo‘lishi kutilmoqda.
Ehtimol, ekran smartfonning oldi panelini to‘liq egallashi mumkin. Smartfondagi sezilarli o‘zgarishlardan biri Home tugmasining bo‘lmasligi aytilmoqda, uning vazifalarini ekranning bir qismi bo‘ladigan “virtual” tugma bajaradi.
Taxminlardan biriga ko‘ra, yangi telefonda egasini barmoq izlari bo‘yicha aniqlaydigan Touch ID texnologiyasi o‘rniga foydalanuvchining yuzidan tanuvchi texnologiya joriy qilinadi.
iPhone 8 xotirasi xususida turlicha taxminlar bildirilgan. Xitoyning Geekbar nashri smartfonning bazaviy versiyasi 64 Gb, eng qimmat versiyasi esa 512 Gb ichki xotira olishini ta'kidlamoqda va bu Apple smartfonlari uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ladi. Boshqa manbalarga ko‘ra, smartfon 128 va 256 Gb xotiraga ega ikki versiyaga ega bo‘ladi.
Telefon simsiz quvvatlanish texnologiyasi bilan ta'minlanishi haqida ma'lumotlar ham berilgan.
Ta'kidlanishicha, smartfon narxi 1000 yoki 1100 ming dollardan boshlanadi.
Mavzuga oid
20:33 / 27.10.2023
Prezident geologiya-qidiruv sohasidagi vazifalarni belgilab berdi
23:23 / 02.11.2020
Apple uchinchi kuzgi taqdimotini o‘tkazishini e'lon qildi
22:56 / 08.09.2020
Apple 15 sentyabrda yangi iPhone’larni taqdim qiladi
22:42 / 05.01.2020