O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni e'lon qilindi

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa va qurilish sohalarini rivojlantirish, faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarni zamon talablari asosida takomillashtirish, ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, sohaga oid davlat dasturlari ijrosini ta'minlash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi 
faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator»

Karimov Xamdam Bekjanovich - «Shovot-Qulovot» irrigatsiya tizimi boshqarmasining «Quyi Shovot» irrigatsiya tarmoqlari tizimi muhandis-gidrotexnigi, Xorazm viloyati

Matnazarov Uzakbergen Ayapbergenovich - «Quyi Amudaryo» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining «Suyenli» irrigatsiya tizimi boshqarmasi muhandis-gidrotexnigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador»

Mirzaliyev Yelubay Axtilovovich - Konimex tumanidagi «Qorako‘l-Uchtepa-Sur» mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Navoiy viloyati


«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi»

Dehqanova Karimaxon Usubjanovna - Baliqchi tumanidagi «Baliqchi pilla tayyorlov» mas'uliyati cheklangan jamiyati agronomi, Andijon viloyati

Oxunova Shoxidaxon Tuychiyevna - Farg‘ona tumanidagi «Vodil pilla» mas'uliyati cheklangan jamiyati agronomi, Farg‘ona viloyati

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi»

Kuchkarov Saparali Xalbutayevich - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi ta'mirlash-mexanika sexi boshlig‘i, Toshkent viloyati