16:56 / 26.08.2017
22970

OAV: Afg‘oniston Rossiyaga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Reuters

Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi Abdul Qayum Kochayning ma'lum qilishicha, Kobuldagilar Moskva “ham afg‘onlarga yordam berishini” istaydi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Biz Rossiya ham afg‘onlarga yordam berishini istaymiz. Bu Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatilishi uchun kerak”, - dedi elchi.

Uning ta'kidlashicha, “Rossiya bilan munosabatlar, tarixda qator muammolar yuz bergan bo‘lsa ham, yaxshi bo‘lishini” istaydi.

Elchining aytishicha, Afg‘oniston bilan yaqin munosabatlarga ega AQSh va boshqa g‘arb davlatlarining qo‘shinlari “Afg‘onistondan allaqachon chiqib ketishini” xohlaydi.

“Ular terrorizm – “Tolibon”ga qarshi, IShIDga qarshi kurashmoqda. Biz buni qilishimiz mumkin”, - degan elchi.

Avvalroq AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni toliblarni qurollarni tashlashga chaqirgandi.

Top