21:35 / 26.08.2017
9968

Oliy Liga. Vodiy derbisida «Neftchi» yutqazdi, Toshkent derbisida «Bunyodkor» g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

Foto: PFL.uz

Bugun O‘zbekiston Oliy ligasining 19-turidan o‘rin olgan beshta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona vodiysi derbisida «Qo‘qon 1912» «Neftchi»ni qabul qilib, 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Bu g‘alaba tufayli qo‘qonliklar jamoasi ochkolari sonini 33taga yetkazib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Vadim Abramov boshqaruvidagi farg‘onaliklar jamoasi esa navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin 13 ochko bilan 15-o‘rinda qolmoqda.

Bugun Toshkent derbisida «Bunyodkor» turnir autsayderi «Obod»ni yengdi - 2:0. Mirjalol Qosimov shogirdlari endi 28 ochko bilan yettinchi o‘rinda.

Tur doirasida Namanganning «Navbahor» jamoasi «Dinamo»ni yengdi, «Buxoro» «Qizilqum»dan 3 ochko oldi (1:0), «Sho‘rtan» «Metallurg»ga yutqazdi (0:1). 

Oliy Liga, 19-tur
26 avgust
(shanba)
“Qo‘qon-1912” – “Neftchi” 3:1. Tugadi
Gollar: 1:0 - 8 Otaqo‘ziyev, 1:1 - 64 Mamazulmov, 2:1 - 68 Otaqo‘ziyev, 3:1 - 74 Berdiyev.
Qo‘qon-1912: Ashurov, Akramov, Hasanov, Otaqo‘ziyev, Sidiqov, Berdiyev, Merzlyakov, Xolmurodov, Gojkovich, Xolmuhammedov, Rayyevats. 
Neftchi: Yusupov, Tursunov, Kapadze, Mamazulumov, Muzaffarov, Hasanov, Isroilov, To‘ychiboyev, Hakimov, Shog‘ulomov, Yo‘ldoshev.

“Bunyodkor” – “Obod” 2:0
Gollar: 1:0 - 19 Norxonov, 2:0 - 80 Hamdamov.
Bunyodkor: Sultonov, Qobilov, G‘ofurov, Ibrohimov, Nurmatov, Hamdamov, Sobirxo‘jayev, Ahmadaliyev, Gadoyev, Qosimov, Norxonov.
Obod: Eshbo‘tayev, Vasilev, Komilov, Mirzayev, Rahimov, A'zamov, Usmonov, Tolipov, Abdurahmonov, Ravshanov, Hakimov.

“Navbahor” – “Dinamo” 1:0
Gol: 1:0 - 65 Ahmedov
Navbahor: Amanov, Komilov, Qilichev, Jabborov, G‘ofurov, Aliyev, Ahmedov, Azimov, Mehmonov, Stanoyevich, Turg‘unboyev.
Dinamo: Naumov, Bozorov, Azimov, Suleymanov, Abdullayev, Rogak, Xolmatov, Nikolayev, Mamajonov, Oroxovats, Ismoilov.

“Buxoro”  – “Qizilqum” 1:0
Gol: 1:0 - 52 Bayenko.
Buxoro: Tursunboyev, Shixov, Filiposyan, Hasanov, Ismoilov, Bayenko, Samatov, Quttiboyev, Nagayev, Sanoyev, Qahramonov.
Qizilqum: Jabborov, Po‘latov, Boydullayev, Kamolov, Zokirov, Qambarov, Gevorkyan, Shodmonov, Jo‘rayev, Yunusov, Isroilov.

“Sho‘rtan”  – “Metallurg”  0:1
Gol: 0:1 - 42 Sulaymonov
Sho‘rtan: Tojiboyev, Otaqulov, Taran, Ubaydullayev, Jo‘raboyev, Rahmonov, Boymatov, Xolto‘rayev, Mamadaliyev, Narzullayev, Melziddinov.
Metallurg: Safoyev, Xusinov, Hoshimov, Odilov, No‘'monov, Toshmatov, Abdullayev, Sulaymonov, Ziyovuddinov, Isoqjonov, Abdumo‘minov.

Top