Poygachi Sebastyan Fettel «Ferrari» bilan shartnomasini uzaytirdi, deb xabar bermoqda RT.
Sky Sports ma'lumotiga ko‘ra, kelishuv shartlari hozircha noma'lum. Avvalroq, «Skuderiya» poygachiga qiymati 120 mln dollar bo‘lgan uch yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq nemis o‘ziga kamroq muddatli kelishuv kerakligi haqidagi qarorga kelgan.
Fettelning o‘zi ma'lum qilishicha, uning shartnomasi haqidagi ma'lumot «Formula-1» Italiya Gran-prisining yakunlanishidan avval paydo bo‘lmaydi.
Iyul oyining oxirida Fettel «Formula-1» poygasining Vengriya Gran-prisi g‘olibi bo‘lgandi.