Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Hazrati Xizr majmuasidagi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Bu haqda prezidentning feysbukdagi sahifasida ma'lumot berildi.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirgan, qur'on tilovat qilinib o‘tganlar xotirasi yod etilgan.
Davlat rahbari shuningdek, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan.
Prezident ko‘rsatmalari asosida majmua loyihasi takomillashtirilib, maqbara granit va marmar bilan qoplangan. Maqbara peshtoqi va unga tutash ayvon milliy naqshlar asosida bezatilib, unga Qur'oni Karim oyatlari bilan birga Islom Karimovning hikmatli so‘zlari bitilgan. Prezident majmuada olib borilayotgan ishlarni mantiqiy yakuniga yetkazish, ziyoratchilarga tegishli sharoitlar yaratish, unga yondosh qabristonni obod qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan.
Mavzuga oid
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
21:07 / 25.06.2026